Surxondaryo viloyati hokimligida mamlakat mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlab Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan bayram tantanalariga taklif etilgan Afg‘oniston Islom Respublikasi delegatsiyasi a’zolari, Rossiya Federatsiyasi va Hindiston Respublikasining Mozori Sharifdagi diplomatik korpuslari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Samimiy kechgan muloqotda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, Balx viloyati voliysi Muhammad Ishoq Rahguzar, Samangon viloyati voliysi Abdul Latif Ibrohimiy ikki mamlakat rahbarlarining yaqin qo‘shnichilikka asoslangan yuqori darajadagi faol aloqalari samarasi o‘laroq keyingi yillarda mintaqalararo do‘stlik, hamkorlik aloqalari yangi bosqichda rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi.
Uchrashuv chog‘ida Surxondaryo hamda Balx va Samangon viloyatlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsion munosabatlarni kengaytirish va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Tomonlar bir-birlariga esdalik sovg‘alarini ulashdi.
Izoh (0)