Yaponiyalik jahonga mashhur arxitektor, Pritsker mukofoti sohibi Tadao Ando O‘zbekiston Davlat san’at muzeyini rekonstruksiya qilishning dizayn konsepsiyasini yaratadi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Foto: Facebook/Saida Mirziyoyeva

Tegishli shartnoma Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 26-avgust kuni Osaka shahrida imzolandi.

Ando zamonaviy binolarni loyihalashtirishda o‘ziga xos milliy estetik jihatlarni qo‘llaydi. Me’morning eng taniqli ishlari orasida Italiya, Fransiya, AQSh, Yaponiyadagi teatrlar, muzeylar va san’at markazlari dizaynlari bor.