27-avgust, seshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 18-turi doirasida 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Shota Arveladze qo‘l ostidagi Toshkentning “Paxtakor” klubi o‘z maydonida “Andijon”ni sinovdan o‘tkazdi.
Bellashuv davomida “sherlar” yarim himoyachisi Dragan Cheran (41, 64—penalti, 69) het-trikka erishgan bo‘lsa, Sardor Sobirxo‘jayev (44) hamda Igor Sergeyev (58) o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. Andijonliklardan esa himoyachi Ildar Mamatkazin 57-daqiqada Eldor Suyunov qo‘riqlayotgan darvozaga gol urdi.
Shu tariqa “Paxtakor” o‘z uyida kechgan bahsda “Andijon”ni yirik 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan “Paxtakor” ochkolari sonini 50 taga yetkazib oldi. “Andijon” esa 16 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.
Mirjalol Qosimov boshliq Olmaliqning OKMK klubi Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi maydoniga safar qildi.
Uchrashuvdagi yagona gol 80-daqiqada urildi. Unga Jizzax klubi himoyachisi Kaxi Maxaradze mualliflik qildi.
Natijada “So‘g‘diyona” o‘z maydonida OKMKni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Ushbu bahsdan so‘ng jizzaxliklar 30 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. OKMK esa 16 ochko bilan 12-pog‘onani band qilib turibdi.
Superliga
18-tur bahslari
27-avgust, seshanba
“Paxtakor”—“Andijon” 5:1
Gollar: 1:0 — 41 Dragan Cheran, 2:0 — 44 Sardor Sobirxo‘jayev, 2:1 — 57 Ildar Mamatkazin, 3:1 — 58 Igor Sergeyev, 4:1 — 64 penalti, Dragan Cheran, 5:1 — 69 Dragan Cheran“So‘g‘diyona”—OKMK 1:0
Gol: 1:0 — 80 Kaxi MaxaradzeYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)