Samarqand viloyati Nurobod tumanida 40 yoshli fuqaroning avval 4 bosh, keyin esa 5 bosh qo‘yi o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Shu yilning 3-iyun kuni Samarqand viloyati Nurobod tumani “Mehnatkash” MFYda yashovchi 40 yoshli A.T. IIBga murojaat qilib, unda joriy yilning 19- mayga o‘tar kechasi noma’lum shaxs uning uyi hovlisidan 4 bosh qo‘yini hamda 31-mayga o‘tar kechasi 5 bosh qo‘yini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Nurobod tumani “Oqsoy” MFYda yashovchi 32 yoshli M.M. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)