Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda mustaqillikning 28 yilligi munosabati bilan joriy yilning 5-sentabr kuniga qadar chegirmalar taqdim etilishi haqida xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda mustaqillikning 28 yilligi munosabati bilan joriy yilning 5-sentabr kuniga qadar mamlakat bo‘yicha 200 ga yaqin joylashtirish vositalari (mehmonxonalar va oilaviy mehmon uylari), 80 dan ortiq transport vositalari (avtobus, mikroavtobus va yengil avtomobillar) hamda 110 dan ortiq umumiy ovqatlanish shoxobchalari (kafe, restoranlar va b.) uchun chegirmalar joriy etilganligini ma’lum qiladi.
Bunday hamkorlikdagi ishlarning davomli ravishda amalga oshirilayotganligi davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi.
Shu bilan birga, 2019-yilning 31-avgustidan 3-sentabr kuniga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan ichki yo‘nalishdagi qatnovlarga 10 foizdan 50 foizgacha chegirmalar joriy qilindi.
Bundan tashqari, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan 30 foizdan 50 foizgacha chegirmalar taqdim etilishi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu turdagi tadbirlarning amalga oshirilishi aholining oilaviy dam olish kunlarini mazmunli tashkillashtirish hamda mamlakatning o‘ziga xos maskanlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.
Joylashuv vositalaridagi chegirmalarga oid batafsil ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olish mumkin.
Izoh (0)