23—24-avgust kunlari futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 2-turi doirasida 4 ta o‘yin yakunlandi.
23-avgust, juma kuni “Sevilya” mehmonda “Granada”dan ustun kelgan bo‘lsa (1:0), “Vilyarreal” “Levante”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (1:2).
24-avgust, shanba kuni Zinedin Zidan qo‘l ostidagi Madridning “Real” klubi “Sanytago Bernabeu”da “Valyadolid”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 82-daqiqasida “Qirollik klubi” hujumchisi Karim Benzema qoyilmaqom gol muallifiga aylandi (1:0). Oradan 6 daqiqa o‘tib mehmon jamoa hujumchisi Serxi Gvardiola hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa o‘yin 1:1 hisobida yakunladi va tomonlar bir ochodan bo‘lishib oldi.
Ta’kidlash joiz, ayni damda Madrid klubi 4 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. “Valyadolid” esa xuddi shuncha ochko bilan 3-o‘rinni band qilib turibdi.
La Liga
2-tur bahslari
23-avgust, juma
“Granada”—“Sevilya” 0:1
Gol: 0:1 — 52 Jordan“Levante”—“Vilyarreal” 2:1
Gollar: 0:1 — 3 Moreno, 1:1 — 68, penalti, Marti, 2:1 — 73, penalti, Marti24-avgust, shanba
“Osasuna”—“Eybar” 0:0
“Real”—“Valyadolid” 1:1
Gollar: 1:0 — 82 Benzema, 2:0 — 88 Gvardiola“Real Madrid”: Kurtua, Marselo, Karvaxal, Varan, Ramos, Kroos, Kazemiro, Hames (Vinisius Junior, 57), Isko (Yovich, 68), Beyl, Benzema (Vaskes, 89)
“Valyadolid”: Masip, Olivas, Moyyano (Valdo Rubio, 59), Nacho Martines, Porro (Antonito, 80), Michel, San-Emeterio (Anuar, 84), Salisu, Unal, Gvardiola, Plano.
Ogohlantirishlar: San-Emeterio (33), Kroos (73), Kazemiro (90), Valdo Rubio (90)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)