O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining 23-avgust kuni soat 10:00 da ish boshlagan XXI yalpi majlisida 26 ta masala ko‘rib chiqiladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov xabar bermoqda.
Majlisda 84 nafar Senat a’zosi ishtirok etmoqda.
Yalpi Majlis kun tartibida:- “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi;
- “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi;
- “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi;
- “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi;
- “Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;
- “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi budjetini shakllantirish va ijro etishning yangi mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlari ko‘rib chiqiladi.