Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti rahbariyatining Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili Omori Shun hamda ma’muriy masalalar bo‘yicha koordinatori Damir Xabirov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Malaka oshirish instituti matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

Foto: Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

Uchrashuv davomida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining JICA hamda Yaponiyadagi turdosh ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Ta’kidlash joizki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan loyiha va dasturlarni ro‘yobga chiqarib kelmoqda.

“Qayd etish kerak, ikki davlat o‘rtasidagi bu kabi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda mazkur xalqaro tashkilotning hissasi katta.

Do‘stona va samimiy ruhda o‘tgan muloqot so‘ngida tomonlar kelgusida Yaponiya Milliy politsiya agentligi tizimidagi turdosh ta’lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, shuningdek Institut professor-o‘qituvchilarining stajirovkalarini tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada turar joy binosidagi portlash oqibatida 6 kishi jarohat oldi
Mahalliy
Toshkentda Lacetti Nexia-3 bilan to‘qnashib, olti nafar piyodani ham urib yubordi
Madaniyat
“Ummon” guruhining ikki oydan ko‘proq komada bo‘lgan xonandasi Zohid Risqiyev o‘ziga keldi (video)