Arxeologlar Yangi Zelandiyada Crossvallia waiparensis turiga oid pingvinning qoldiqlarini topdi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: MixNews

Olimlar qadimiy qushning oyoq va yelka suyaklarini topgan bo‘lib, uning bo‘yi 160 santimetr, og‘irligi esa 80 kilogramm bo‘lganini taxmin qilishmoqda. Ta’kidlanishicha, pingvin 56—66 million yil oldin paleotsen davrida yashagan.

Kraystcherch shahrida joylashgan Kenterbey muzeyi vakillari pingvinning 3D modelini yaratib, uni inson bilan taqqosladi.

Olimlar yangi turdagi pingvinning qoldiqlarini hozirda Yer yuzida yashayotgan eng katta pingvinlar turi —  imperator pingvinlari bilan qiyosladi. Imperator pingvini bo‘yining o‘rtacha balandligi 123 santimetrga, og‘irligi esa 22—45 kilogrammga teng.

Tahlil natijalarida ma’lum bo‘lishicha, Crossvallia waiparensis pingvinlari o‘z oyoqlaridan yurishdan ko‘ra ko‘proq suzishda foydalangan.