Joriy yil 15-avgustdan boshlab Toshkentda avtobus va metroda qatnov haqi 1400 so‘m etib belgilandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Gazeta.uz”

Foiz hisobida olganda yo‘lkira 16,7 foizga qimmatladi. Oylik yo‘l kartochkalari narxi o‘zgarmadi.

Ma’lumot uchun, 15-avgustgacha Toshkentda yo‘lkira haqi 1200 so‘mni tashkil etgan bo‘lib, ushbu tarif 2016-yil aprel oyida o‘rnatilgan, o‘shanda ham narx 200 so‘mga ko‘tarilgandi.