11-avgust kuni Gruziyaning Tbilisi shahrida O‘zbekistonning gastronomik taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar beradi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Tadbirda 1000 nafarga yaqin kishi ishtirok etdi. Taqdimot marosimiga turli millat vakillari, shu jumladan, gruzin, ozarbayjon, turk, arman, qozoq, rus va arab millatiga mansub kishilar tashrif buyurdi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Gastronmik taqdimot davomida yig‘ilganlarga 1000 ta manti, 500 ta xinkali va 500 kilogram palov tayyorlab tarqatildi. Shu bilan birga, O‘zbekistondan olib borilgan shirinliklar ham tarqatildi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Ayniqsa, Gruziya xinkalisi va o‘zbek mantisi o‘rtasidagi “bellashuv” mahalliy aholi hamda mehmonlar yodida saqlanib qoladigan bo‘ldi. Unda O‘zbekistonning manti taomi g‘olib bo‘ldi. Shu bilan birga, tbilisiliklar O‘zbekistonning mashhur milliy taomlaridan tortib to sharqona shirinliklar mazasigacha tatib ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Bundan tashqari o‘zbek va gruzin xalqining musiqiy chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, barchani raqsga chorladi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, ushbu tadbirlar Toshkent—Tbilisi—Toshkent to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam aviareysining ochilishi sharafiga o‘tkazilmoqda. Mazkur taqdimotni o‘tkazishda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qo‘llab-quvvatlashi barobarida Gruziyadagi o‘zbek diasporasi hamda O‘zbekistonning Gruziyadagi elchixonasining hissasi katta bo‘ldi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati