“O‘zavtosanoat” rasmiy dilerlarda savdoda UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarning barcha rang va komplektatsiyalariga shartnomalar mavjudligini ma’lum qildi.

Foto: UzDaily

Avtomobil xaridi jarayonida u yoki bu modeldagi avtomobil uchun shartnoma yo‘qligi, yetkazib berilish muddatining uzoqligi kabi vajlar bilan qo‘shimcha pul mablag‘larini talab qilish holatlariga duch kelinganida UzAuto Motors komaniyasining ishonch telefonlariga (78) 141-77-77 raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.

Kompaniya bu kabi tovlamachilik va boshqa korrupsion harakatlarning oldini olish, avtomobillar savdosida shaffoflikni ta’minlash maqsadida “Uzavtosavdo” mobil ilovasini ishga tushirgan. Agarda ilovada zarur avtomobil yo‘q bo‘lsa, buyurtma to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil zavodiga yuboriladi. Mazkur ilova orqali xaridor o‘zi istagan avtomobilning rangi va rusumini tanlab, unga shartnoma olishi mumkin.

“Uzavtosavdo” ilovasi xaridorga barcha jarayonlarni boshidanoq nazorat qilish, o‘z navbati va avtomobilni olish sanasini bilib borish imkonini yaratmoqda.