14-avgust oqshomida Angliyaning ikki grand jamoasi — “Liverpul” hamda “Chelsi” Yevropa Superkubogi uchun kurash olib boradi. “Daryo” esa uchrashuvga oid qiziqarli ma’lumot va faktlarni bir sahifaga joyladi.

Foto: “Tribuna.com”

  • 2019-yilning iyun oyida oltinchi bor Yevropaning eng nufuzli sovrinini qo‘lga kiritgan “Liverpul” oltinchi marta UEFA Superkubogi uchun bahsda maydonga chiqadi. Bunga qadar “qizillar” uch bor mazkur sovringa ega chiqqan.
  • “Chelsi” uchun bu to‘rtinchi UEFA Superkubogi bahsi bo‘ladi. Ularning so‘nggi ikkitasida “ko‘klar” mag‘lub bo‘lgandi.
  • Qaysi jamoa yutishidan qat’i nazar Angliyada Superkuboklar soni sakkiztaga yetadi. Bu borada inglizlarda faqat Ispaniya (15) va Italiya (9) oldinda. “Liverpul”ning 2005-yilgi UEFA Superkubogidagi g‘alabasidan keyin Angliya klublari ketma-ket to‘rt bor mag‘lubiyatga uchragandi, ularning ikkitasi (2012 va 2013) “Chelsi”ga tegishli.
  • 2013-yildan so‘ng ilk bor UEFA Superkubogi ispan klubiga nasib etmaydi. O‘sha yili“Bavariya” Pragada “Chelsi”ni penaltilar seriyasida mag‘lub etgandi.
  • UEFA Superkubogi tarixida bir mamlakat vakillari besh bor o‘zaro to‘qnash kelgan: ikki marta Italiya va besh bor Ispaniya klublari. 2014-yildan keyin Ispaniya jamoalari to‘rt marta UEFA Superkubogida uchrashgan. So‘nggi bor o‘tgan yili “Atletiko” Madrid derbisida “Real”ni mag‘lub etgandi.

Jamoalarning UEFA Superkubogidagi avvalgi o‘yinlari

“Liverpul”

“Liverpul” klubining UEFA Superkubogidagi statistikasi: 3 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat.

  • 1977-yil. “Liverpul”—“Hamburg” 7:1 (1:1 safarda, 6:0 uyda)
  • 1978-yil. “Liverpul”—“Anderlext” 3:4 (1:3, 2:1)
  • 1984-yil. “Liverpul”—“Yuventus” 0:2
  • 2001-yil. “Liverpul”—“Bavariya” 3:2
  • 2005-yil. “Liverpul”—SSKA 3:1 (qo‘shimcha vaqtda)

“Liverpul” 1977 va 2005-yillarda UEFA Superkubogiga ega chiqqan, ikkisida ham mersisaydliklar Chempionlar Kubogi sohibi sifatida qatnashgan. 2001-yilda esa qizillar UEFA Kubogi sohibi sifatida sovringa ega chiqqan. 1978 va 1984-yilgi mag‘lubiyatlarda esa “Liverpul” Yevropa chempioni maqomiga ega edi.

1977-yilgi Superkubokda “qizillar” “Hamburg”ga qarshi javob o‘yinida 6:0 hisobida g‘alabaga erishgan. Xuddi shunday hisob 1973-yili ham qayd etilgan, o‘shanda “Ayaks” “Milan”ni tor-mor keltirgandi. “Gamburg”ga qarshi o‘yinda Terri Makdermott het-trik qayd etgan. UEFA Superkubogi tarixida bundan boshqa yana bita het-trik bor, 2012-yilda “Atletiko” hujumchisi Rajamel Falkao “Chelsi” darvozasini uch bor o‘qqa tutgandi.

“Chelsi”

“Chelsi” to‘rtinchi marta UEFA Superkubogida qatnashadi. Avvalroq, London klubi bir g‘alaba va ikki mag‘lubiyat qayd etgan:

  • 1998-yil. “Chelsi”—“Real” 1:0
  • 2012-yil. “Chelsi”—“Atletiko” 1:4
  • 2013-yil. “Chelsi”—“Bavariya” 2:2 (Penalti—4:5).

1998-yilda “Chelsi” Kuboklar Kubogi sohibi sifatida UEFA Supekubogida g‘olib bo‘ldi. 2012-yilda londonliklar Chempionlar Ligasi g‘olibi sifatida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, bir yil o‘tib Yevropa Ligasi chempioni maqomida UEFA Superkubogida yutqazib qo‘ydi.

2012-yilda “Atletiko”dan uchralgan yirik mag‘lubiyat paytida Frenk Lempard jamoa sardori edi. Bir yil o‘tib jamoa “Bavariya”ga mag‘lub bo‘ldi.

Avvalgi to‘qnashuvlar

“Chelsi” hamda “Liverpul” uchun bu yevroarenadagi 11-uchrashuv bo‘ladi. Klublar UEFA musobaqalari doirasida ilk bor 2005-yilda to‘qnash kelgan. Tomonlar o‘rtasidagi 10 ta uchrashuvning barchasi Yevropa Chempionlar Ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan. Shulardan 5 ta o‘yin durang bilan yakunlangan. 2 ta o‘yinda “Liverpul”, 3 tasida esa “Chelsi” g‘alaba qozongan.

Jamoalar ilk bor 2004/05-yilgi mavsum Chempionlar Ligasining yarim finalida to‘qnash kelgan. To‘qnashuvdagi yagona gol “Enfild”dagi javob o‘yining 4-daqiqasida “qizillar” yetakchisi Luis Garsiya tomonidan urilgan. Bu g‘alabadan so‘ng “Liverpul” musobaqa finalida o‘sha mashhur o‘yinini “Milan”ga qarshi o‘tkazgan.

2005/06-yilgi mavsum jamoalar guruh bosqichida to‘qnash kelib, ikkala o‘yinda ham nursiz durang qayd etadi. Taqdir 2006/07-yilgi mavsumga kelib esa ikkala jamoa yana yarim finalda ro‘baro qiladi. Jamoalar mos ravishda o‘z uylarida kechgan bahslarni 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlaydi. Penaltilar seriyasida esa “Liverpul” 4:1 hisobida ustun kelib, finalda “Milan”ga qarshi o‘ynash imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Istanbuldan farqli o‘laroq Afinadagi hal qiluvchi bahsda “Milan” 2:1 hisobida g‘alaba qozonadi.

“Chelsi” ilk bor Yevropa Chempionlar Ligasi finalida 2007/08-yilgi mavsum qatnashadi. Londonliklar final ostonasida “Liverpul” bilan avvaliga “Enfild”da 1:1 hisobida durang qayd etadi. “Stemford Brij”da esa qo‘shimcha vaqtlarda gol urib, 3:2 hisobida g‘alaba qozonadi.

Jamoalar o‘rtasidagi yevroarenadagi so‘nggi to‘qnashuvlar esa Chempionlar Ligasining 2008/09-yilgi mavsumida 1/4 final bahslariga to‘g‘ri keladi. O‘shanda “Chelsi” “Liverpul”ni safarda 3:1 hisobida yengadi, o‘z maydonida esa 4:4 hisobidagi durang natijasini qayd etadi. Yarim finalda esa “Chelsi” “Barselona”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Umumiy hisobda jamoalar shu kunga qadar o‘zaro 181 ta o‘yin o‘tkazgan. “Liverpul” bu uchrashuvlarning 77 tasida, “Chelsi” esa 63 ta o‘yinda g‘alaba qozongan. 41 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan.

Jamoalar o‘rtasidagi aloqalar va boshqa jihatlar

“Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard futbolchi sifatida “Liverpul”ga qarshi 39 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urgan. Uning “qizillar”ga qarshi o‘yinlardagi statistikasi: 18 ta g‘alaba, 8 ta durang, 13 ta mag‘lubiyat.

2014-yil yanvarida Muhammad Saloh “Bazel”dan “Chelsi”ga o‘tadi. Saloh “ko‘klar” safida atigi 19 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan. 2015-yildan esa futbolchi “Fiorentina”ga, keyinroq “Roma”ga o‘tadi. Shu tariqa futbolchi “Liverpul”dan qo‘nim topgan.

Terma jamoa bo‘yicha ikkala jamoadagi sheriklar

  • Angliya: Trent Aleksander-Arnold, Jo Gomes, Aleks Oksleyd-Chemberlen, Adam Lallana, Jordan Henderson va Ross Barkli, Denni Drinkuoter, Kallum Hadson-Odoi, Ruben Loftus-Chik, Temmi Abraham
  • Braziliya: Alisson, Fabinyo, Roberto Firmino va Villian.
  • Xorvatiya: Deyan Lovren va Mateo Kovachich
  • Belgiya: Divok Origi va Mishi Batshuayi

Avval bitta jamoada o‘ynagan futbolchilar:

  • Muhammad Saloh va Emerson, Antonio Ryudiger (“Roma” 2015/17)
  • Alisson va Emerson (“Roma” 2016/18)
  • Alisson va Antonio Ryudiger (“Roma” 2016/17)
  • Muhammad Saloh va Markos Alonso (“Fiorentina” 2015)

Footboom materiali asosida Asror Abdunazarov hamda Nodirxon Hamidxonov tayyorladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!