O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari hajmi yarim yil yakunlari bo‘yicha 14 million AQSh dollariga kamayib, 1-avgust kuni 27,7 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar qiladi.

Foto: “Gazeta.uz”

O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, undan xorijiy valyutadagi aktivlar hajmi — 12,28 milliard AQSh dollari (bir oy ichida +820 million AQSh dollari), monetar oltin — 15,08 milliard AQSh dollarini (-830 million AQSh dollari) tashkil etdi.