Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxsning Buxoroning “Labi Xavuz” majmuasidagi “Xo‘ja Nasriddin Afandi” monumenti bosh qismiga chiqib tushgan fotosurati tarqalgan edi.

Foto: Buxoro viloyat IIB

Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida Buxoro viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borildi. Natijada ushbu shaxs Qorako‘l tumani Yangibozor mahallasida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan Q.M. ekanligi aniqlandi.

U ushbu fotosuratga 2015-yilning mart yoki aprel oylarida tushganligi, qilgan ishidan pushaymonligi va Buxoro ahlidan kechirim so‘rashini bildirdi.