Qozog‘iston birinchi prezidenti matbuot xizmati Instagram’dagi sahifasiga Nursulton Nazarboyevning shaxsiy arxividan navbatdagi suratni joylashtirdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Suratda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyevning qo‘l soatlarini to‘g‘rilayotgani aks etgan.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev 15-aprel kuni O‘zbekistonga tashrifi davomida Shavkat Mirziyoyevni Nur-Sulton shahriga taklif qilgan edi.

Nazarboyev va Mirziyoyev 24-iyul kuni telefon orqali muloqot qilgan edi.