Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida o‘zi hokim bo‘lib ishlagan vaqtlarni esladi, deb yozadi “Kun.uz”.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Bizda 20 yil eksport yo‘q edi. Faqat gaz bilan paxta bor edi. Hozir biz yangi bosqichga ko‘tarilyapmiz. Biz raqobatga tayyor bo‘lishimiz kerak. Chegarani yopib qo‘yaverib qashshoq bo‘lib yuraverdik. Tanamizda qonimiz qolmadi. Biz eksportni rivojlantirishimiz kerak.

Eksportni kichik-kichik korxonalardan boshlash kerak. O‘sha kichiklar yig‘ilib katta bo‘ladi. Masalan ko‘katni 12 oy sotish mumkin (Qashqadaryo hokimi Zafar Ro‘ziyev rossiyalik investorlar ko‘kat eksport qilmoqchi ekanligi haqida gapirdi). Yerni undan unumli foydalanmoqchi bo‘layotganlarga berish kerak.

Mana, sizlarga mahalliylashtirish bo‘yicha ham yordamchi beryapmiz, pul beryapmiz. Men ham hokim bo‘lganman, bizda bir so‘m ham pul bo‘lmasdi», — deb ta’kidlagan Prezident Shavkat Mirziyoyev.