Ijtimoiy tarmoqlarda samolyot bortida namoyish qilingan “Elisnikida mehmonda” (ingliz tilida “Home Again” AQSh, 2017) filmidan video parcha paydo bo‘ldi, deb yozadi “O‘zbekiston havo yo‘llari” matbuot xizmati.

Foto: “O‘zbekiston havo yo‘llari” AK matbuot xizmati

Kadrdagi qahramonlarning bo‘sasi yo‘lovchining samolyotda “pornografiya” (sitata) ko‘rsatilishi nojoizligi to‘g‘risidagi salbiy fikri bildirilgan.

Parvoz vaqti samolyot bortida film ko‘rib ketish vaqt o‘tkazishning bir muhim jihati hisoblanadi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi namoyish qilinadigan filmlarni tanlash masalasiga juda jiddiy yondashadi. Videodasturlar asosan mamlakatda va xorijda ishlab chiqarilgan klassik komediya va tarixiy, oilaviy, animatsion, melodramalardan shakllantiriladi. Videodasturlarni ishlab chiqishga alohida talablar qo‘yiladi, bunda havo kemasi bortidagi yo‘lovchilarga zo‘ravonlik, qotillik, terror, hayvonlarni xo‘rlash, halokatlar, portlashlar va boshqa shok holatlariga soladigan sahnali kadrlari mavjud filmlar ko‘rsatish yo‘l qo‘yilmaydi. Shunday qilib, tanlangan kontent turli ta’bli yo‘lovchilar toifasi uchun tanlangan (kattalar, o‘smirlar va bolalar) va belgilangan vaqtda yangilanib turadi.

“Yuqorida zikr etilgan ‘Elisnikida mehmonda’ filmi MPAA PG-13 xalqaro reytingi sohibi bo‘lib (13+ yoshidagilarga mo‘ljallangan) va kino tanqidchilarining ko‘p sonli ijobiy taqrizlariga sazovor bo‘lgan. Uning mazmuni “pornografiya mahsuloti” yuridik tavsif atamasiga mos kelmaydi, shu munosabat bilan ‘Ozodlik’ radiosi (dastlabki manba fikri) tahririyati tomonidan mazkur atamaning qo‘llanilishini noo‘rin deb hisoblaymiz” — deb ta’kidladi “O‘zbekiston havo yo‘llari”.

“Shunga qaramay, biz uchun yo‘lovchilarning fikri katta ahamiyatga ega, shu sababli fikr-mulohazalarni jamlab, aviakompaniya badiiy filmlarni tanlash mezonini qayta ko‘rib chiqmoqchi edik. Uzbekistan Airways bortida avval ko‘rgan qaysi kinokartinalar sizda salbiy his-tuyg‘ular uyg‘otgan va nima uchun? Kommentariyalarda keltirilgan barcha taklif va istaklar albatta biz tomondan kinodasturni yangilashda inobatga olinadi”, — deb qo‘shimcha qiladi kompaniya.