Farg‘ona shahar prokuraturasi 61 yoshli fuqaro V.T.ning arizasi yuzasidan surishtiruvlar olib bormoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.
V.T.ga ota-onasidan meros qolgan, Farg‘ona shahri Moturidiy ko‘chasidagi xonadonni uning tanishi, Toshloq tumanida yashovchi 42 yoshli S.Yu. V.T.ning Rossiya davlatida bo‘lganidan foydalanib, fuqaro I.D.ga 13000 AQSh dollariga sotib yuborganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.Yu. ushlangan. Ayni damda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)