Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar qiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
“R.W.” xususiy bandlik agentligi xodimi N.S. fuqaro U.Jning 4 nafar tanishini o‘zining yuqori turuvchi tashkilotlardagi tanishlari orqali Yaponiya davlatiga ishga yuborish uchun imtihonlardan o‘tkazganligini vaj qilib, har bir fuqaro uchun 5 000 AQSh dollaridan jami 20 000 AQSh dollari berishini talab qilib olgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan N.Sga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)