“Shoushenkdan qochish” filmi tasvirga olinganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan kartinadagi mashhur eman daraxti arralab tashlanib, undan aktyorlar uchun esdalik sovg‘alar yasaldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: TMZ

Mazkur eman 2017-yilda qurib qolgan va daraxt joylashgan hududning egasi uni arralab tashlashga qaror qilgan.

Film personajlarining portreti va ularning iqtiboslari tushirilgan yog‘och suvenirlar bosh roldagi aktyorlar Tim Robbins va Morgan Frimenga, shuningdek, film rejissori Frenk Darabont va boshqalarga topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, kartina sujetiga ko‘ra, film bosh qahramoni do‘sti uchun yozilgan maktubni eman ostiga ko‘mib ketadi.