Amerikalik aktrisa, xonanda va model Lindsi Loxan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon al-Saud bilan ishqiy munosabatda bo‘lishi mumkin, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Qayd etilishicha, Loxanni yaqindan taniganlar aktrisaning shahzoda bilan yozishmalarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganini aytgan.

Shuningdek, Muhammad Loxanga kredit karta sovg‘a qilgani, o‘z samolyotlarida uchish imkoniyatini bergani va unga tez-tez qimmatbaho sovg‘alar berishi aytilmoqda.

Aktrisaning matbuot kotibi Loxanning shahzoda bilan tanish ekanligini tasdiqlab, ular bir yilcha avval Formula-1 poygalarida uchrashganini aytgan.