O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Etika qo‘mitasi “Oqtepa” klubining sobiq bosh murabbiyi Yaroslav Krushelnitskiyni 1 yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirdi. Bu haqda O‘FA rasmiy saytida xabar berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Krushelnitskiy 2019-yil 12-iyun kuni o‘tkazilgan “Oqtepa” va “Iftixor” futbol klublari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida totalizator o‘yniga aralashgan. Jazo tayinlashda Yaroslav Krushelnitskiyning o‘z aybini to‘liq tan olib, qattiq pushaymonligini bildirganligini inobatga olingan.
O‘sha uchrashuvda “Iftixor” klubi sharafini himoya qilgan, hozirda esa “Qizilqum” jamoasida faoliyat olib borayotgan Nodir Kamolov ham totalizator o‘yini ishtirokchisiga aylangani aniqlandi. Kamolov ham o‘z aybini to‘liq tan olib, qattiq pushaymonligini bildirganligi uchun Qo‘mita tomonidan olti oy muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)