Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining 1/8 finali doirasida 4-avgust, yakshaba kuni 4 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.
Kunning dastlabki o‘yinida Samvel Babayan boshliq Toshkentning “Lokomotiv” klubi safarda Termizning “Surxon” jamoasi bilan o‘ynaydi. Bellashuv soat 18:00 da boshlanadi. Ma’lumot uchun, termizliklar musobaqaning 3-bosqichida “Rash-milk”ni 3:2 hisobida taslim qilgandi.
Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining “Nasaf” klubi o‘z maydonida “Andijon”ni qabul qiladi. Eslatib o‘tamiz, qarshiliklar avvalgi bosqichda “Istiqlol”ni mag‘lub etgan bo‘lsa (2:1), “Andijon” “Buxoro”ni yirik hisobda yutgandi (4:1).
Shu kuni Namanganning “Navbahor” klubi “Neftchi”ga qarshi maydonga tushsa, Toshkentning “Paxtakor” klubi “Yashnobod”ni sinovdan o‘tkazadi. Uchala uchrashuv ham 20:00 da boshlanadi.
O‘zbekiston Kubogi
1/8 final bahslari
“Surxon”—“Lokomotiv” 18:00
“Nasaf”—“Andijon” 20:00
“Navbahor”—“Neftchi” 20:00
“Paxtakor”—“Yashnobod” 20:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)