UFC chempioni Habib Nurmagomedov menejer Ali Abdulaziz bilan shartnomasini uzaytirdi, deya xabar berdi Yahoo Sports.
Tomonlar 5 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Nurmagomedov Dominance MMA menejerlik kompaniyasi rahbari Ali Abdulaziz bilan 2014-yildan buyon ishlab keladi.
Eslatib o‘tamiz, Habib shu vaqtga qadar 27 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozondi. U so‘nggi jangini 2018-yilning 6-oktabr kuni ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongandi.
Nurmagomedov navbatdagi jangini joriy yilning 7-sentabr kuni Abu Dabi shahrida o‘tkazadi. Unga yengil vaznda vaqtinchalik chempion Dastin Porye (25 ta g‘alaba, 5 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang) raqiblik qiladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)