2-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov AQSh Davlat departamentining Yevropa, Yevroosiyo va Markaziy Osiyo mamlakatlariga yordam berish bo‘yicha koordinatori Jeyms Kulikovski bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston—AQSh aloqalarining yuqori sur’atda ekanligi va 16—23-iyul kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga amalga oshirgan tashrifining muvaffaqiyatli yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi. Ta’kidlanganidek, mazkur tashrif yakunlari turli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarini yanada rivojlantirishning amaliy masalalarini ko‘rib chiqishga imkon berdi.
Shuningdek, iqtisodiy va texnologik modernizatsiya, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sud-huquq va boshqa sohalarda hamkorlik qilish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq masalalar muhokama qilindi.
Izoh (0)