Surxondaryoda fuqaro qarzdorligi evaziga avtomobilini xatlashga kelgan MIB xodimiga qarshilik ko‘rsatdi. Bu haqda MIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Majburiy ijro byurosining Termiz shahar bo‘limi ish yurituvida qarzdor F.G‘affarovdan undiruvchi Yu.G‘oyibov foydasiga jami 18 million so‘mga yaqin pul mablag‘lari undirish to‘g‘rsidagi ijro hujjati mavjud edi.
Byuroning Termiz shahar bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga bir necha bor ogohlantirish berishiga qaramasdan belgilangan ixtiyoriy muddatda mazkur sud qarori ijrosini ta’minlashdan bo‘yin tovlaydi.
MIB davlat ijrochisi F.G‘affarovning Spark avtomashinasi borligini aniqlaydi hamda ushbu avtomashinani xatlovga olish jarayonida, F.G‘affarov davlat ijrochilarini qonuniy talablarini bajarmasdan ularga qarshilik qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jarqo‘rg‘on tuman ma’muriy sudi tomonidan Termiz shahar “Majnuntol” MFY binosida ochiq sayyor sud majlisida ko‘rib chiqildi.
Sayyor sudda F.G‘affarov aybiga iqrorlik bildirib, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, kelgusida bu kabi huquqbuzarliklarni sodir etmaslikka va’da berib, suddan yengillik so‘radi.
O‘z navbatida, sud tomonidan F.G‘affarovga tegishli jazo tayinlandi.
Izoh (0)