“Milan” hujumchisi Patrik Kutrone faoliyatini “Vulverhempton”da davom ettiradi. Bu haqda “bo‘rilar”ning rasmiy saytida xabar berildi.
21 yoshli futbolchi Angliya klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.
Avvalroq “Vulverhempton” klubi hujumchi uchun milanliklarga 18 million yevro to‘lashi haqida xabar berilgandi. “Rossonerilar” qo‘shimcha bonus sifatida 4 million yevroga ega bo‘lishi ham mumkin.
Ma’lumot uchun, Kutrone 2018/19-yilgi mavsum A Seriyada 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi hamda 2 ta golli uzatma berishga erishdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)