Arnold Shvarsenegger va aktrisa Jeymi Li Kertis 25 yillik ayriliqdan so‘ng yana uchrashdi. “Gazeta.ru”ning yozishicha, bu haqda aktrisa Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilgan.

Foto: Instagram

Ta’kidlanishicha, aktyorlar oxirgi marta “Haqiqiy yolg‘on” (“True Lies”) filmida ko‘rishgan. Shundan so‘ng ular ko‘p yillardan beri uchrasha olmagan. Ammo endi ular uzoq yillik ayriliqqa barham berdi.

Aktrisaning ta’kidlashicha, endi ular ulg‘aydi, lekin hali ham o‘zligini yo‘qotmasdan o‘qib, sevib, kulib yashashda davom etmoqda.