Brifingda dastlab xalqaro musobaqaga ko‘rilgan tayyorgarlik jarayonlari xususida so‘z bordi. Beshinchi xalqaro armiya o‘yinlarining boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Yildan-yilga nufuzi ortib borayotgan mazkur musobaqada bu yil 36 mamlakat harbiy xizmatchilaridan iborat 221 jamoa ishtirok etmoqda, bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qiladi.
O‘yinlarning xolisona, shaffof o‘tishi uchun har bir davlat vakilidan iborat hakamlar hay’ati tuzildi. Ta’kidlash kerakki, hakamlar hay’ati tarkibidan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi vakili polkovnik Shavkat Mamajonov ham o‘rin olgan. Yig‘ilishda musobaqa davomida hakamlik ishlarini olib borishda odillik me’zonlariga to‘liq amal qilish lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, Xalqaro armiya o‘yinlarini yoritishda ishtirok etayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlariga ham musobaqa yo‘nalishlari xususida ma’lumot berildi.
Quvonarlisi, o‘tgan yilgi Xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston Mudofaa vazirligidan 13 ta jamoa ishtirok etib, 5 ta uchinchi o‘rin, 1 ta ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Umumjamoa hisobida 32 mamlakat harbiylari o‘rtasida oltinchi o‘ringa loyiq deb topilgandi.
Joriy yilda o‘zbekistonlik beshinchi xalqaro armiya o‘yinlarida o‘n to‘rtda yo‘nalish bo‘yicha qatnashmoqda. Dunyoning 10 davlatida o‘tkazilayotgan mazkur musobaqaning tantanali ochilish marosimi 3-avgust kuni Moskva viloyatida joylashgan Alabino dala-o‘quv maydonida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)