“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Marca tomonidan “Afsona” mukofoti bilan taqdirlandi. U bu mukofotni 29-iyul, dushanba kuni qabul qilib oldi.
Taqdirlash marosimiga “Real” prezidenti Florentino Peres hamda Krishtianuning agenti Jorje Mendesh ham tashrif buyurdi.
Ronaldu futbolchilik faoliyatida ko‘rsatgan natijalari uchun mazkur sovringa ega chiqdi.
Ma’lumot uchun, ushbu sovrin 1997-yildan buyon o‘z egalariga topshirib kelinadi. Avvalroq Lionel Messi, Diyego Maradona, Maykl Felps, Mixael Shumaxer hamda Maykl Jordan mazkur sovringa ega chiqqandi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu A Seriyadagi debyut mavsumidayoq musobaqa chempioniga aylandi. U faoliyati davomida 29 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Shulardan 2 tasiga Portugaliya termasi safida erishdi.
Qayd etish lozim, 34 yoshli futbolchi “Sporting” tarkibida 1 ta, “Manchester Yunayted” bilan 9 ta, “Real” safida 15 ta hamda “Yuventus” tarkibida 2 ta sovringa ega chiqdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)