“Arsenal” hujumchisi Xavyer Amayechi faoliyatini “Hamburg”da davom ettiradi. Bu haqda londonliklarning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
Shartnoma shartlari ochiqlanmagan.
Ma’lumot uchun, 18 yoshli futbolchi 2017-yilning yozida “kanonirlar”ning zaxira jamoasiga kelib qo‘shilgandi. 2018-yilning yanvar oyida esa hujumchi “Arsenal” bilan professional futboldagi ilk shartnomasini imzolagandi.
Amayechi 2018/19-yilgi mavsum “to‘pchilar” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta golga mualliflik qildi va 5 ta golga assistentlik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)