Himoyachi Joao Miranda “Inter”ni tark etdi.
Milan klubining rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, 34 yoshli braziliyalik faoliyatini Xitoyning “Szyansu Sunin” klubida davom ettiradi.
Xabar berilishicha, Miranda Xitoyda yiliga 4,5 million yevro ishlab topadi.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik himoyachi 2015-yildan buyon “nerradzurilar” sharafini himoya qilib kelayotgandi. Bungacha esa u 4 mavsum “Atletiko” safida to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, Miranda 2018/19-yilgi mavsum A Seriyada 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta sariq kartochka ishlab oldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)