“Arsenal” a’zolari Mesut O‘zil hamda Sead Kolashinats qurolli hujum qurboniga aylandi.
Sky Sports’ning xabar berishicha, germaniyalik hamda uning jamoadoshi Sead Kolashinats Londonning shimoliy qismida avtomobilda ketayotganda skuterdagi bezorilar guruhiga yo‘liqdi. Jinoyatchilarning boshida shlem bor edi. Videokameraga yozib olingan videoda ma’lum bo‘lishicha, jinoyatchilardan birining qo‘lida sovuq qurol (pichoq) bo‘lgan.
O‘zil yaqin orada joylashgan tanish restoran xodimlarini yordamga chaqirish maqsadida yuguradi, Kolashinats esa bosqinchilarga qarshilik qilishga urinadi.
Mesut Ozil’s car got jumped, Kolasinac jumped out and backed the beef. #YaGunnersYa pic.twitter.com/CxsJeiCvxw
— #james (@smhjaames) July 25, 2019
Futbolchilar hamda restoran xodimlari mazkur holat yuzasidan guvohlik berish uchun politsiya bo‘limiga borgan.
Huquq-tartibot idoralarining rasmiy bayonot berishicha, hozirda tergov ishlari davom etmoqda. Holat yuzasidan hech kim hibsga olinmagan.
“Arsenal” esa o‘yinchilar jarohatlanmagani haqida ma’lum qilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)