24-iyul, chorshanba kuni Tokio Olimpiadasining startiga roppa-rosa 1 yil qolgani munosabati bilan Yaponiya poytaxtida katta tadbir o‘tkazildi. Bu haqda MOQ xabar berdi.

Foto: MOQ

Mazkur tadbirda Olimpiada tashkilotchilari bo‘lajak musobaqaga ko‘rilayotgan tayyorgarlik, olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Faxriy mehmonlar qatorida tashrif buyurgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax ham tashkiliy qo‘mitaning tayyorgarligi bilan tanishib chiqdi.

Foto: MOQ

Shuningdek, tadbir davomida Tokio Olimpiadasi medallarining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Foto: MOQ

Foto: MOQ

Foto: MOQ

Medallar bir qarashda sayqallanib nur taratayotgan toshlarni eslatadi. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, ularining dizayni sportda raqobatlashayotgan, jo‘shib ishlayotgan odamlarni ifodalaydi. Taralayotgan nur esa bir-birlarining qo‘llarini ushlab turgan butun dunyo odamlari va ularda aks etgan iliq do‘stlikni anglatadi.

Medallar diametri: 85 millimetr.

Vazni: 556 gramm (oltin), 550 gramm (kumush) va 450 gramm (bronza)

Tarkibi: oltin medal sof oltindan emas. Uni tayyorlash uchun kumush medalning ustiga 6 gramm oltin eritmasi quyiladi. Kumush medali sof kumushdan, bronza esa mis va rux moddalarining qo‘shilmasidan tayyorlanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!