O‘zbekistonlik mutaxassislar Osiyo futbol konfederatsiyasining doimiy tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi qo‘mitalari a’zoligiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Ravshan Ermatov OFK hakamlar qo‘mitasiga, Avaz Mahsumov OFK futbolni rivojlantirish qo‘mitasiga, Olim Arifov OFK musobaqalar o‘tkazish qo‘mitasiga, Shavkat Imomov OFK texnik qo‘mitasi a’zo sifatida tayinlangan.
Endilikda o‘zbekistonliklar mazkur qo‘mitalarda 2019—2023-yillar mobaynida faoliyat olib boradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)