Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining Kopa Amerika—2019 musobaqasi 3-o‘rni uchun kechgan Chiliga qarshi o‘yinda (2:1) maydondan chetlatilishi yuzasidan qaror qabul qildi, deya xabar berdi TyC Sports.
Bellashuvning 37-daqiqasida paragvaylik hakam Mario Dias de Vivar argentinalik hujumchi hamda Chili yarim himoyachisi Gari Medelni bir-biriga qo‘pol munosabati sabab maydondan chetlatgandi.
Ushbu holat yuzasidan Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi Messini bitta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi hamda 1500 dollar miqdorida jarimaga tortdi. Qo‘shimcha diskvalifikatsiyalar bo‘lmaydi.
Uchrashuvdan so‘ng “Barselona” hujumchisi medal bilan taqdirlash marosimida ishtirok etmadi va Janubiy Amerika futbolini korrupsiyada aybladi. KONMEBOL Messining ushbu gap-so‘zlari yuzasidan hali hukm chiqarganicha yo‘q. Messi faqatgina Medel bilan bo‘lgan voqea uchun bitta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi hamda 1500 dollar miqdorida jarimaga tortildi.
Messining tashkilotni korrupsiyada ayblagani bo‘yicha hukm 15 kundan keyin yoki undan keyin e’lon qilinishi kutilmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)