23-iyul kuniga o‘tar kechasi, Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasidagi “Xoldomi” sayyohlik tog‘-chang‘i majmuasidagi chodirli bolalar oromgohida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan bolalar soni to‘rttaga yetdi. Bu haqda Sputnik xabar qilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, oromgohda jami 189 nafar bola bo‘lgan.
“RIA Novosti”ning yozishicha, 10 yoshli Arseniy yong‘in vaqtida bir qizni chodirdan olib chiqayotgan vaqtda kuyish jarohatini olgan va u ayni vaqtda koma holatiga tushgan.
Yong‘inda 26 chodirning 20 tasi yonib ketdi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘inga chodirlardan biriga o‘rnatilgan isitish moslamasi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Hozirda Rossiya JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Xabarovsk o‘lkasida bolalar vafoti munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qilindi.
Izoh (0)