2017-yil 14-oktabr kuni Rossiya Zabaykal o‘lkasi Nerchinskiy tumani Peshkovo qishlog‘i hududida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘ldirilgan edi. 23-iyul kuni o‘lka sudi qo‘sh qotillikni amalga oshirishda aybdor deb topilgan 35 yoshli tuman fuqarosiga nisbatan hukm chiqardi, deb xabar bermoqda Regnum.

Foto: Flickr

2017-yilda Zabaykal o‘lkasida o‘zbekistonlik ikki muhojirning o‘limida gumonlanib, 34 yoshli erkak qo‘lga olingan edi. Ammo tekshiruv 2018-yil mayida, huquq-tartibot organlariga O‘zbekiston fuqarosi Chitada o‘z hamyurtlari yo‘qolgani haqida murojaat qilganidan keyingina boshlangan.

Taxminiy qotil hamda marhumlarning jasadlari topilgan. Qotillik guvohlaridan biri ta’kidlashicha, bu bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun o‘ch olish bo‘lgan. Qo‘lga olingan shaxs muhojirlar tomonidan yetti yoshli o‘g‘il bolalarning zo‘rlangani uchun qasos olgan, dedi obro‘li mahalliy fuqaro.

2019-yil 23-iyul kuni Zabaykal o‘lkasi fuqarosi ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini o‘ldirganlik uchun 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi.