2019-yilning 22-iyul kuni soat 16:30 da Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Navoiy shahar G‘alaba shohko‘chasida istiqomat qiluvchi A.A. tomonidan uyida ilon ko‘rganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Foto: FVV

Mazkur murojaat yuzasidan, ilon chaqishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatning oldini olish maqsadida, navbatchi guruhi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi.

Foto: FVV

Qutqaruvchilar tomonidan xonadon sinchkovlik bilan tekshirib chiqildi. Natijada, fuqarolar hayotiga xavf soluvchi ilon topildi va aholi punktidan uzoqroq bo‘lgan joyga qo‘yib yuborildi.

Xonadon egalariga mutaxassislar tomonidan psixologik yordam ko‘rsatilib, zaruriy tavsiyalar berildi.