Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi respublikaning Tojikiston bilan chegarasida yuz bergan tartibsizliklar holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi, deb yozadi “TASS” vazirlikka tayanib.

Foto: Asia-Plus

“Ushbu holat Batken tuman IIBda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, zarur surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda. IIV ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston tomonidan jami 14 kishi, shu jumladan, militsiya xodimlari va chegarachi jarohat va shikastlanishlar olgan.

Muassasa eslatishicha, to‘qnashuvlar boshlanganidan keyin darhol Batken viloyati IIB shaxsiy tarkibi trevoga bo‘yicha safarbar etilgan. Ayni paytda esa qirg‘iz-tojik davlat chegarasi hududida vaziyat nisbatan barqaror.

Avvalroq Tojikiston chegarasida yuz bergan janjal tufayli 315 nafar qirg‘iz evakuatsiya qilingani xabar berilgan edi.