AQSh 2024-yilda astronavtlarni Oyga jo‘natish va biroz vaqt u yerda qoldirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat vitse-prezidenti Mayk Pens ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: NASA

“Bu galgi Oyga parvozimiz oddiy tashrif bo‘lmaydi: u yerda qolmoqchimiz. Orttirilgan tajriba esa kelgusida insonni Marsga yuborishda asqotadi”, — dedi AQSh vitse-prezidenti.

Mayk Pensga ko‘ra, Marsga parvoz hozirgi avlod hayoti davomida amalga oshiriladi.