Futbol bo‘yicha Xalqaro Chempionlar Kubogi doirasida 21-iyul, yakshanba kuni Maurisio Pochettino boshliq Londonning “Tottenhem” klubi Mauritsio Sarri qo‘l ostidagi Turinning “Yuventus” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Bellashuvda “keksa sinyora” hujumchilari Gonsalo Iguain (56) hamda Krishtianu Ronaldu (60) raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, “shporlar” vakillari Erik Lamela (30), Lukas Moura (65) va Harri Keyn (90) o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, London klubi “Yuventus” ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Xalqaro Chempionlar Kubogi
21-iyul, yakshanba
“Yuventus”—“Tottenhem” 2:3
Gollar: 0:1 – 30 Lamela, 1:1 – 56 Iguain, 2:1 – 60 Ronaldu, 2:2 – 65 Lukas Moura, 2:3 – 90 Keyn“Yuventus”: Buffon (Shchensni, 46), Rugani (Demiral, 46), De Shilyo, Bonuchchi (de Ligt, 63), Joau Kanselu, Matyuidi (Kastanos, 76), Djan (Rabyo, 46), Pyanich (Muratore, 76), Bernardeski, Manjukich (Iguain, 46), Ronaldu (Mateus Pereyra, 63)
“Tottenhem”: Gassaniga, Tanganga (Vertongen, 46), Uoker-Piters (Marsh, 71), Alderveyreld (Foyt, 46), Skipp (Bouden, 90), Georgiu (Uayt, 71), Alli (Sissoko, 46), Lamela (Ndombele, 63), Uinks (Roulz, 63), Perrott (Keyn, 46), Son Hyon Min (Lukas Moura, 46)
Ogohlantirish: Perrott (44)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!