Sizningcha hayvonlar dunyoni qanday ko‘radi? Ya’ni biz yashayotgan uylar, tabiat ularning ko‘ziga qanday ko‘rinadi? AdMe olimlarning fikriga tayanib, turli xil hayvonlar bir xil tasvirni qanday ko‘rishlarini haqidagi suratlarni taqdim etdi.
Sichqon — kemiruvchilar faqat qisqa masofadan yaxshi ko‘radi. Qo‘lning obyektini 10-15 metrdan sezadi va tezda qochib ketadi.
Ilon — issiq va sovuqni ajrata oladi. Bu esa ularga kunning har qanday qismida oziq-ovqat topish imkonini beradi.
Chivin — ular uchun dunyo mozaikadan iborat. Ko‘zlarida taxminan 4000 ta nuqta bo‘lishiga qaramasdan, insonga qaraganda yomon ko‘radi.
Kapalaklar va asalarilar —umuman yaxshi ko‘rmaydilar, lekin ular odamlarga ko‘rinmaydigan ultrabinafsha nurlarni yaxshi ko‘radi. Buning natijasida esa o‘simlik va gullarni tez ilg‘aydilar.
Toshbaqa — yaxshi ko‘rmaydi, lekin ranglarni ajrata oladi. Masalan, qizil, sariq ranglarni yaxshi sezsa-da, ko‘k-binafsha ranglarini mutlaqo farqlamaydi.
O‘rgimchaklar — ularning yonida ham ko‘zi bor. Bu esa ularga nafaqat oldi va yoni, balki orqa tarafda ham nima borligini sezishga yordam beradi.
Foto: Depositphotos
Shilliqqurt — ular yorug‘lik va soyani yaxshi farqlay olmaydi.
Sigir — ular uchun ranglar dunyosi juda cheklangan. Faqatgina to‘q sariq va qizil ranglarni ko‘ra oladilar, xolos.
Ot — ular faqat oq va qorani farqlay oladi. Shu sababli dunyo ko‘zlariga kulrang rangda ko‘rinadi.
Buqalamun — dunyoning eng g‘alati ko‘zlar aynan buqalamunlarga tegishli. Chunki ular bir vaqtning o‘zida oldinda va orqada nima bo‘layotganini ko‘rishlari mumkin.
Qurbaqa — ular faqat harakatlanayotgan jismlarnigina ko‘ra oladilar. Shu sababli ham ko‘p hollarda ular ochlikdan halok bo‘lishadi.
Burgut — yirtqich qushlar ichida eng qudratlisi bo‘lib, u nafaqat uzoq masofani, balki ranglarni ham odamlardan ko‘ra yaxshiroq ko‘ra oladi. Bundan tashqari, uning ko‘zi bir vaqtning o‘zida 2 xil narsaga e’tibor qaratishi mumkin
Qo‘ng‘iz — ular ham xuddi burgutlardek juda sezgir. Bir vaqtning o‘zida ovqatga ham uni ovlamoqchi bo‘lgan yirtqichga ham e’tibor qaratishi mumkin. Shu bois uning sezgirligi deyarli mushukka imkoniyat qoldirmaydi.