O‘zbekiston doimiy aholisi soni 2019-yil 1-iyul holatiga 33,5 million kishini tashkil etib, 2019-yil boshidan 268,1 ming kishiga yoki 0,8 foizga o‘sdi.

Foto: “Gazeta.uz”

Davlat statistika qo‘mitasi axborotiga ko‘ra, shahar aholisi soni 16,9 million kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,5 foiz), qishloq aholisi soni 16,5 million kishini (49,5 foiz) tashkil etdi.

2019-yil 1-iyul holatiga eng ko‘p aholi soni Samarqand viloyatida — respublika aholisi sonidagi ulushi 11,4 foiz; Farg‘ona viloyatida 11,1 foiz, Qashqadaryo viloyatida 9,7 foiz, Andijon viloyatida esa 9,2 foiz.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yil 1-iyul holatiga ko‘ra aholining 30,5 foizini mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 59 foizini mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10 foizini kattalar tashkil etmoqda.