17—18-iyul kunlari Iordaniya poytaxti, Jakarta shahrida bo‘lib o‘tgan parataekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 4 ta medalga ega chiqdi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
-75 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Aziz Marasulov barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, -61 kgda dayanga chiqqan Sanjar Muxtorov finalda mag‘lubiyatga uchradi.
Shuningdek, Guljanoy Naimova (-58 kg) hamda Ziyoda Isakova (-49 kg) o‘z vazn toifalarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Ta’kidlash joiz, mazkur musobaqada Osiyoning 32 mamlakatidan 300 dan ziyod para-taekvondochilar bahs olib bordi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)