Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi “Chinobod” mahallasida faoliyat yuritib kelayotgan “Masharib ota” jome’ masjidining eski, yaroqsiz holga kelib qolgan binosi yangidan qurilishi uchun birinchi g‘isht qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Marosimda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov, tuman imomlari, mahalla oqsoqollari va faollari ishtirok etdi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Ilk g‘ishtni qo‘yib bergan Xayrulloh domla Turmatov musulmonlarga ibodat qilishlari uchun tashkil etilayotgan sharoitlar haqida to‘xtalar ekan, bu ayniqsa ko‘rkam va zamonaviy tarzda qayta qurilayotgan masjidlarda namoyon bo‘layotganini ta’kidladi.