Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi bo‘lim muhandisi, kapitan Mahmud Jumaniyozov yo‘lga qo‘ygan yangilik yong‘inlarni tez bartaraf etishda qo‘l kelmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi Online” xabar qiladi.

Foto: “Xalq so‘zi Online”

Gap shundaki, u uy tomlari tunukalarini tez va qisqa fursatda ochish imkonini beruvchi mo‘jaz qurilma yaratishga muvaffaq bo‘ldi.

— Hozir turar joy binolari tomini har xil rangdagi zamonaviy tunukali qoplama bilan yopish va ularni buramali vintlar bilan qotirish rusum bo‘lgan, — deydi M.Jumaniyozov. — Mabodo, ana shunday uylarda yong‘in sodir bo‘lsa, qoplamalarni ochishga, natijada yong‘inni bo‘ysundirishga ancha vaqt ketadi. Biz o‘ylab topgan drel qurilmasi esa siqilgan havo yordamida ishlatiladi. U bilan tunukalar tez va beshikast ochiladi. E’tiborlisi, shikast yetkazilmay ochilgan tunukalardan yana qayta foydalanish mumkin.

Ayni paytda qurilma amalda qo‘llanilmoqda.