Dortmundning “Borussiya” klubi Puma bilan yangi homiylik shartnomasini imzolashga kelishib oldi, deya xabar berdi Bild.
Manbaga ko‘ra, yangi tuzilayotgan shartnoma 10 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, Dortmund klubi bundan 300 million yevro ishlab olishi mumkin. Shartnoma 2020-yilning 1-iyulidan kuchga kiradi.“Biz Puma bilan shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqdamiz. Raqamlar borasida izoh berolmayman. Lekin shuni aytishim mumkin, bu “Borussiya”ga avvalgi shartnomalarga nisbatan ko‘proq daromad keltiradi”, — dedi “Borussiya Dortmund” boshqaruvi raisi Karsten Kramer.
Eslatib o‘tamiz, dortmundliklar 2018/19-yilgi mavsumni Bundesliga jadvalida ikkinchi o‘rinda yakunladi va Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Dortmund klubi Germaniya chempionatida yangi mavsumni o‘z uyida “Augsburg”ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 17-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)