“Lion” yarim himoyachisi Hamza Rafiya karyerasini “Yuventus”da davom ettiradi. Bu haqda Fransiya klubining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
“Yuventus” 20 yoshli xavbek uchun 400 ming yevro to‘laydigan bo‘ldi. Bundan tashqari “Lion” qo‘shimcha bonus sifatida 5 million yevroga ham ega bo‘lishi mumkin. Agarda futbolchi boshqa klubga sotiladigan bo‘lsa, fransuzlarga undan ham ulush tegadi.
Rafiya Turin klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Tomonlar shartnoma muddatini yana bir yilga uzaytirishi mumkin.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)